Foydalanish qo'llanmasi

NeoGo.uz da Telegram Stars, Premium va gift sotib olish bo'yicha bosqichma-bosqich qo'llanma.

1. Telegram orqali kiring

«Telegram orqali kirish» tugmasini bosing va tasdiqlang. Parol kerak emas — hisobingiz birinchi kirishda avtomatik yaratiladi.

2. Hisobni to'ldiring

«Hisobni to'ldirish» bo'limida summani kiriting. Tizim aniq o'tkazish summasini va karta raqamini ko'rsatadi. Aynan shu summani 5 daqiqa ichida o'tkazing — balans avtomatik oshadi. Boshqa summa o'tkazsangiz to'lov topilmaydi.

3. Stars yoki Premium yuboring

«Stars va Premium» bo'limida qabul qiluvchi username'ini kiriting (o'zingizga ham bo'ladi), miqdor yoki muddatni tanlang. Narx oldindan ko'rinadi, tasdiqlangach balansdan yechiladi.

4. Gift yuboring

«Giftlar» bo'limida gift tanlang, username kiriting va yuboring. Giftlar ro'yxati avtomatik yangilanib turadi.

5. Holatni kuzating

Tepadagi qo'ng'iroqcha 🔔 belgisida buyurtma va to'lov xabarlari keladi. «Buyurtmalarim» bo'limida to'liq tarix bor.

6. Xato bo'lsa

Buyurtma bajarilmasa pul balansga avtomatik qaytadi. «Tekshiruvda» holati uzoq tursa @neo_admin ga buyurtma raqami bilan yozing.

7. Hamkorlar uchun API

Kabinetda API kalit yarating va «API qo'llanma» bo'limidagi namunalar bo'yicha o'z sayt yoki botingizdan yuboring.

Telegram orqali kirish Admin bilan aloqa