Ommaviy oferta
NeoGo.uz xizmatidan foydalanish shartlari (ommaviy oferta).
1. Umumiy qoidalar
Ushbu ommaviy oferta www.neogo.uz (NeoGo.uz, keyingi o'rinlarda «Ijrochi») saytida raqamli xizmatlarni sotish shartlarini belgilaydi. Saytda Telegram orqali ro'yxatdan o'tish yoki hisobni to'ldirish oferta shartlarini to'liq qabul qilishni (aktsept) bildiradi.
2. Xizmat predmeti
Ijrochi Mijoz ko'rsatgan Telegram username'ga Telegram Stars, Telegram Premium obunasi va Telegram giftlarini yuborish xizmatini ko'rsatadi. Xizmatlar raqamli, ular Telegram va Fragment platformalari orqali yetkaziladi.
3. Narx va to'lov
Narxlar O'zbekiston so'mida ko'rsatiladi va joriy kursga qarab o'zgarishi mumkin; buyurtma berilgan paytdagi narx amal qiladi. Hisob karta orqali tizim ko'rsatgan aniq summani o'tkazish yo'li bilan to'ldiriladi; to'lov avtomatik aniqlanadi. Xaridlar balansdan yechiladi.
4. Yetkazib berish
Buyurtma odatda bir necha daqiqada bajariladi. Mijoz username to'g'riligi uchun o'zi javobgar: noto'g'ri username'ga yuborilgan va yetkazilgan xizmat qaytarilmaydi.
5. Qaytarish
Buyurtma bajarilmasa, summa balansga avtomatik qaytariladi. To'g'ri bajarilgan va yetkazilgan buyurtma uchun pul qaytarilmaydi. Foydalanilmagan balansni qaytarish masalasi administrator tomonidan alohida ko'rib chiqiladi.
6. Tomonlarning huquq va majburiyatlari
Mijoz to'g'ri ma'lumot kiritishga, akkaunt va API kalitini uchinchi shaxslarga bermaslikka majbur. Ijrochi firibgarlik, suiiste'mol yoki Telegram qoidalarini buzish holatlarida akkauntni cheklash yoki bloklash, shuningdek texnik ishlar uchun xizmatni vaqtincha to'xtatish huquqiga ega.
7. Javobgarlik
Ijrochi Telegram, Fragment va to'lov tizimlari ishidagi uzilishlar, ularning qoidalari o'zgarishi hamda ijrochi nazoratidan tashqaridagi holatlar (fors-major) uchun javobgar emas. Bunday holatda mumkin bo'lsa pul balansga qaytariladi.
8. Shaxsiy ma'lumotlar
Kirish uchun Telegram ID, username, ism va profil rasmi ishlatiladi. Ma'lumotlar faqat xizmat ko'rsatish uchun saqlanadi va qonunda nazarda tutilgan hollardan tashqari uchinchi shaxslarga berilmaydi.
9. API hamkorlari
API orqali foydalanish ham shu oferta shartlariga bo'ysunadi. Hamkor kalit xavfsizligi va uning nomidan amalga oshirilgan so'rovlar uchun javobgar.
10. Aloqa
Savollar va e-tirozlar bo'yicha Telegram: @neo_admin. Ijrochi oferta shartlarini o'zgartirishi mumkin; yangi tahrir saytda e'lon qilingan paytdan kuchga kiradi.